Talim

Monetizatsiya va biznes

Hermes bilimini biznesga aylantirish: Mark Cuban integratsiya qonuni, Setup Fee + Monthly Retainer narxlash modeli va Risk Reversal psixologiyasi.

10 daqiqa o‘qish · O‘rta

Hermes’ni o‘rganish — faqat texnik qobiliyat emas, balki uni boshqalarga sotish imkoniyati. AI agentlarini to‘g‘ri integratsiya qila oladigan odamlar uchun bu asrlik imkoniyat.

Mark Cuban integratsiya qonuni

Milliarder investor Mark Cuban aytganidek: “Hozirgi sun’iy intellekt inqilobi tarixdagi barcha texnologik evolyutsiyalardan kuchliroq. Muammo uning kuchida emas, kompaniyalar uni o‘z bizneslariga qanday integratsiya qilishni bilmasligidadir. Dunyoda millionlab kichik va o‘rta bizneslar bor, ularda AI bo‘yicha mutaxassis yo‘q va bo‘lmaydi ham. AI agentlarini to‘g‘ri integratsiya qila oladigan yoshlar uchun bu asrlik imkoniyatdir.”

Ya’ni: texnologiya tayyor, lekin uni biznesga ulashni biladigan odamlar kam. Aynan shu bo‘shliq — sizning bozoringiz.

Narxlash modeli (Pricing Strategy)

AI integratsiyalarini sotishda eng to‘g‘ri tizim — Setup Fee + Monthly Retainer:

1. Setup Fee (bir martalik o‘rnatish): $1,500 – $3,000

  • Mijozning serveri yoki VPS serveriga Hermes agent tizimini o‘rnatish va kanallarni ulash.
  • Ularning korporativ xotirasi (memory.md) va o‘ziga xos skills/ fayllarini tuzish.

2. Monthly Retainer (oylik qo‘llab-quvvatlash): $300 – $1,000/oy

  • Tizimlarni xatolarsiz ishlashini ta’minlash.
  • API serverlarni monitoring qilish.
  • Oy davomida yangi mantiqiy skill-larni qo‘shib borish.

Amaliy maslahat

Bir martalik to‘lov faqat "qurish" uchun. Oylik retainer esa "saqlash va rivojlantirish" uchun — bu sizga passiv daromad beradi va mijozni uzoq muddatga bog‘laydi.

Risk Reversal (tavakkalchilikni o‘z zimmangizga olish)

Mijozga birinchi uchrashuvdayoq narx aytmang. Risk Reversal strategiyasidan foydalaning — ya’ni mijozga oldindan natijani ko‘rsatib, xavfni o‘zingizga oling:

  • Realtorga: “Sizning bo‘sh kvartirangiz rasmini AI staged qilib berdim, mana ko‘ring, yoqsa qolgan barcha uylaringizni ham shunday qilamiz.”
  • Kontent yaratuvchiga: “O‘tgan haftadagi YouTube videongizdan 5 ta Reels scripti va 10 ta Twitter postini Hermes orqali tekinga tayyorlab berdim. Mana ko‘ring, yoqsa oylik jamoangizga qo‘shilaman.”

Ular tayyor va sifatli natijani o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgandan keyin, shartnoma imzolashdan bosh tortmaydilar.

Qayerdan boshlash?

  1. O‘zingizga bitta foydali agent quring (masalan, Daily Briefing).
  2. Uni do‘st yoki tanish biznesga bepul sinab ko‘rish uchun taklif qiling.
  3. Natijani o‘lchab, case-study yarating.
  4. Risk Reversal orqali birinchi mijozni oling.
  5. Setup Fee + Retainer modeliga o‘ting.

Eslatma

Bu kurs texnik qismni o‘rgatdi. Biznes qismi — sizning ijodiyotingiz va mijoz bilan ishlash mahoratingizda. Lekin asosiy qoida oddiy: avval natija, keyin narx.

Xulosa

Hermes bilimi — bu mahorat, uni esa pulga aylantirish mumkin. Mark Cuban qonuni: bizneslar AI ni qo‘llashni bilmaydi. Siz ularga yordam bersangiz — Setup Fee + Monthly Retainer orqali barqaror daromad olasiz. Avval natija, keyin narx.

“You can build anything. You can learn anything.”