Talim

Loop Engineering va /goal

Hermesda avtonom ish oqimi: /goal buyrug‘i, Loop Engineering sikli, belgilangan vs erkin agent va cron joblar.

13 daqiqa o‘qish · O‘rta → Ilg‘or

Hermes loop sikli

Ish oqimi (workflow) — bu agentning qadamlar ketma-ketligi. Hermes’da siz oqimni aniq belgilashingiz yoki agentga o‘zi reja tuzishiga ruxsat berishingiz mumkin. Asosiy farq — Loop Engineering.

Loop Engineering nima?

An’anaviy chatbotlar bitta prompt bilan cheklanib qoladi: savol → javob → tugadi. Loop Engineering esa agentga yakuniy natijani (outcome) maqsad qilib qo‘yish imkonini beradi. Agent maqsadgacha takroran ishlaydi.

/goal buyrug‘i

/goal orqali natijani (emas, jarayonni) maqsad qilib bersangiz, Hermes quyidagi siklni amalga oshiradi:

  1. Planlashtirish — vazifani kichik bosqichlarga bo‘lish.
  2. Asboblardan foydalanish — brauzerda qidirish, terminalda skript ishga tushirish yoki sub-agentlarni chaqirish.
  3. Tekshirish (Self-Evaluation) — natijada xato bormi? Maqsadga erishildimi?
  4. Iteratsiya — agar xato bo‘lsa, o‘zi tahlil qilib tuzatadi va muvaffaqiyat qozongunicha siklni takrorlaydi (loop).
   /goal: "premium animated landing page yozing"
                    |
                    v
   [ PLAN ]  ->  1. Raqobatchilarni tahlil qil
                 2. Dizayn generatsiya qil
                 3. HTML/CSS yozing
                 4. Xostga yuklang
                    |
                    v
   [ TOOLS ]  ->  Firecrawl (skreping) | Hicksfield (SVG) | ffmpeg
                    |
                    v
   [ CHECK ]  ->  Sahifa ochiladimi? Animatsiya ishlaydimi?
                    |
              +-----+-----+
          Xato          Muvaffaqiyat
              |             |
              v             v
        [ TUZAT ]      [ DONE ]
              |
              +----> (loop qayta)

Ikki yondashuv

1. Belgilangan oqim (deterministic)

Qadamlar oldindan aniq — ishonchli va kuzatiladigan. Kichik vazifalar uchun:

/goal build a premium animated dark-themed HTML landing page.
Workflow Steps:
1. Use Firecrawl CLI to scrape and analyze top 3 AI Agency websites.
2. Use Hicksfield CLI to generate dark, minimalist tech illustrations.
3. Write clean, responsive single-file index.html with CSS animations.
4. Deploy using here.now CLI and provide the live link.

2. Erkin agent (autonomous)

Agent o‘zi reja tuzadi va asboblar bilan ishlaydi. Ochiq vazifalar uchun:

/goal har kuni ertalab 08:00 da Gmail, Calendar va Twitter trendlarini o‘qib,
menga qisqa briefing yuboradigan tizim tuz.

Amaliy maslahat

Qoidalar aniq bo‘lsa — belgilangan oqim, vazifa ochiq bo‘lsa — erkin agent. Ko‘p tizim ikkalasini aralashtiradi: katta reja erkin, ichki qadamlar belgilangan.

Cron joblar (avtomatik takrorlash)

Loop faqat bir martalik emas — uni vaqtincha rejaga qo‘yish mumkin:

Har kuni ertalab 08:00 da mening Telegram botimga Daily Morning Briefing yuboradigan
Cron Job yarat. Asboblar: Calendar MCP, Gmail Composio, Slack API, Twitter Browser Tool.
Eslatma: menga shunchaki xat daryosini yuborma — faqat bugungi actionable qadamlarni jo‘nat.

Qachon workflow kerak?

  • vazifa takrorlanadigan bo‘lsa (har kuni hisobot);
  • natija kafolatlangan bo‘lishi kerak bo‘lsa;
  • qadamlar aniq ajratilgan bo‘lsa;
  • audit va log muhim bo‘lsa.

Xulosa

Hermes ish oqimi — bu Loop Engineering: maqsad (/goal) → reja → asboblar → tekshirish → takrorlash. Belgilangan qadamlar yoki erkin agent — vazifaga mos yondashuvni tanlang. Keyingi darsda agentlarni jamoaga aylantirishni (Squad) ko‘ramiz.